2 yoshgacha bola tarbiyasi uchun to‘lanadigan nafaqa pulini olishim uchun nima qilish kerak?

15

Savol:

2 yoshgacha bola tarbiyasi uchun to‘lanadigan nafaqa pulini olishim uchun nima qilishim kerak? Oilada 8 kishimiz. Uyimiz 2 xonali ko‘p qavatli uy. Ishlaydiganlar bir nafar. Uning oyligi bir yarim million so‘mni tashkil qiladi. Qishloq joyda istiqomat qilamiz. Bizga nafaqa puli tayinladimi?

Javob:

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (hozirgi kunda 679330 so‘m)ning 52,7 foizidan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • Belgilangan shakl bo‘yicha oilaning tarkibi va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
  • bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish uchun – bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari nusxalari;
  • asosan yashab turgan joyi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun — doimiy yashash (doimiy propiska) joyi bo‘yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va to‘lanmaganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
  • agar bolalar vasiylikka olingan bo‘lsa – vasiylik va homiylik organining qaroridan ko‘chirma.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni olish istagi bo‘lgan oydan oldingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay beriladi.

Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror fuqarolar yig‘ini tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar hamda oilaning haqiqiy ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqqanidan so‘ng, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Hulkar Safarova,
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot
instituti mas’ul xodimi

 

15 Изоҳлар

  1. Assalomualaykõm mani 3ta fatzandim bor 6 yosh 3yosh 3 oyli turmush õrtoğim magazinda sotuvchi qaynonam pensioner 800 minsõm olalla oilada 6 kishimiz man digretdaman qaynanamni pullari õzlariga ham yetmiyda turmush õrtoğimni topgan pullari deyarli tayinlimas mani bollarimga bola puli olsam bõladimi kichkinamga ikki yoshga tõlmagan nafaqa puli olsamchi beriladimi mahhalla bizaga yordam bermiyapti eringiz dolatti ishida ishlamasa berilmiydi divotti