Barselona Eriksen uchun kurashga qo‘shildi

0

Sky Sports internet nashrining xabar berishicha, «Barselona» «Tottenhem» yarimhimoyachisi Kristian Eriksen uchun kurashga qo‘shildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Inter» bilan deyarli kelishuvga erishgan daniyalik futbolchi uchun kurashga Kataloniya klubi kutilmaganda yana qo‘shildi. Ispanlar 27 yoshli daniyalik xavbek transferi masalasida London klubiga o‘z takliflarini berishgan.

Oldinroq, Milan klubi 27 yoshli daniyalik yarimhimoyachi uchun London klubiga qo‘shimcha bonuslar bilan birga 20 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgani, Eriksenning «Inter»dagi yillik maoshi 10 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi. Hattoki, «neradzurri»lar Eriksenni yakshanba kungi A Seriya doirasidagi «Kalyari»ga qarshi o‘yin oldidan «San-Siro»da tanishtirishlari rejalashtirilgandi.

Аввалги мақолаSharqiy Afrika aholisi chigirtkalarga qarshi kurashmoqda
Кейинги мақолаDunyoni mehr qutqaradi