YangiliklarMahalliyBog‘chaga yo‘llanmalar sayyor tartibda topshirildi

Bog‘chaga yo‘llanmalar sayyor tartibda topshirildi

Sirdaryo tumanining “Quyosh” mahalla fuqarolari yig‘ini tuman markazidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari bu mahallaga sayyor xizmatlar ko‘rsatish maqsadida tez-tez kelib turishadi.

Bu safargi sayyor xizmat tadbiri mahallada joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillashtirildi. Farzandini ushbu MTMga joylashtirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan va navbati kelgan ota-onalarga bog‘chaga yo‘llanmalar sayyor tartibda topshirildi.

“Quyosh” mahallasida yashovchi Visola Ziyotovaning farzandi ham endi bog‘chaga boradigan bo‘ldi.

DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi

– Men 2017 yilda tug‘ilgan farzandim Shirin Baxtiyorovani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun navbatga qo‘yish bo‘yicha tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgandim, – deydi Visola Ziyotova. – Davlat xizmatlari markazi xodimlari sayyor tartibda, bolajonlarimizga yo‘llanmalarni shakllantirib berishdi. Tuman markaziga borishga ham hojat qolmadi. Uzog‘imizni yaqin qilgani uchun DXM xodimlaridan minnatdorman.

Sayyor xizmat tadbiri davomida xuddi Visola kabi markazga ariza bilan murojaat qilgan yana 38 nafar bolajonlar uchun shakllangan yo‘llanmalar ota-onalarga topshirildi.

DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi

Sayyor xizmatlar davomida bolalarni bog‘chaga joylashtirishga yo‘llanmalar berilishi bilan bir qatorda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha master klass o‘tkazildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)dan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish barobarida davlat xizmatlarini onlayn tarzda ya’ni my.gov.uz sayti orqali mustaqil ravishda olish, id.egov.uz saytidan ro‘yxatidan o‘tish va tizimdan foydalanish mahorat darslari o‘tkazildi.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img