YangiliklarMahalliy"Bolalarga bering dunyoni" online tanlovining g'oliblari aniqlandi!

«Bolalarga bering dunyoni» online tanlovining g’oliblari aniqlandi!

Xabaringiz bor, Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamkorlikda “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “20-noyabr Butun jahon bolalar kuni”ga bag‘ishlangan online tanlov e’lon qilgan edi.

Ushbu tanlovga o’quvchi-yoshlar tomonidan jo’natilgan 500dan ortiq ijodiy ishlar orasidan mutloq g’olib va sovrindorlar aniqlandi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Eng ta’sirli tayyorlangan “Bola huquqlari”ga oid videorolik yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin: Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi to’garagi a’zosi Nzamatdinov Beksultan;
2-o’rin: Toshkent viloyati Nurafshon shahar «Barkamol avlod» bolalar maktabi to’garagi a’zosi Alisherova Kumush;
3-o’rin: Andijon viloyati Qo’rgontepa tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi to’garagi a’zosi Soipov Azizbek.

Eng ma’noli chizilgan “Bola huquqlari”ga oid rasm yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin: Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi to’garagi a’zosi Allanova Gulasen;
2-o’rin: Namangan viloyati Pop tumani 38-son maktabning 6-sinf o’quvchisi Alijonova Asalxon;
3-o’rin: Navoiy viloyati Uchquduq tumani 9-son maktabning 7-sinf o’quvchisi Amandikova Aru.

Barcha yo’nalishlar bo’yicha g’oliblar,
1-o’rin:Planshet
2-o’rin: Telefon
3-o’rin: smartwatch sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan o’quvchilar sertifikat hamda kitoblar to’plami sohibiga aylanadilar.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img