Buxorodagi 116 nafar issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi

0

Buxoroda yuz bergan tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga oid Hukumat farmoyishi (350-f, 03.08.2020 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Buxorodagi tabiiy ofatdan talofat ko‘rgan 116 nafar issiqxona egalariga viloyat hokimligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida, istisno tariqasida:

  • ularning faoliyatini qayta tiklash uchun 18 foizdan oshmagan stavkada, 2 yilgacha bo‘lgan muddatga jami 71,6 mlrd so‘m miqdorda tijorat banklari kreditlari ajratiladi;
  • ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari to‘liq Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan qoplanadi;
  • kreditlar ta’minotining 50 foizi Jamg‘arma kafilligi va qolgan qismi sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polisi asosida amalga oshiriladi.