“COVID-19” bemorlarini davolashda qanday dorilar qo‘llaniladi?

0

Sog‘liqni saqlash vazirligi “COVID-19” bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar”ning oltinchi nashri tasdiqlangani haqida xabar berdi.

Mazkur qo‘llanmada shifokor nazorati asosida qo‘llaniladigan dori-darmonlarning yangi ro‘yxati ham keltirib o‘tilgan:

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun:

Gidroksixloroxin (homilador ayollar, bolalar, 65 yoshdan oshgan bemorlar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar qabul qilishi mumkin emas).

Kasallik klinik belgilarsiz kechganda:

Gidroksixloroxin (shifokor qaroriga ko‘ra);
Sink preparatlari;
D vitamini;
S vitamini;

“COVID-19”ning yengil shaklida:

Paratsetamol;
Ibuprofen;
Favipiravir;
Gidroksixloroxin;
Sink;
D vitamini;
S vitamini;
Nafazolin, Ksilometazolin (burun uchun, rinoreyani davolashda);
Azitromitsin (shifokor qaroriga ko‘ra).

“COVID-19”ning o‘rta og‘ir shaklida:

Paratsetamol;
Ibuprofen;
Favipiravir yoki remdesivir;
Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
Antiagregantlar (Atsetilsalitsil kislotasi);
Kortikosteroidlar (Deksametazon)
Antibiotiklar (shifokor qaroriga ko‘ra).

“COVID-19”ning og‘ir shaklida:

Paratsetamol;
Ibuprofen;
Remdesivir;
Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
Antiagregantlar (Atsetilsalitsil kislotasi);
Kortikosteroidlar (Deksametazon);
Sefalosporinlar + makrolidlar;
Parenteral atsetilsistein va boshqalar

O‘tkir nafas olish qiyinlashuvi sindromida:

Antikoagulyantlar (Enoksaparin);
Antiagregantlar (Atsetisalitsil kislota);
Kortikosteroidlar (Deksametazon);
Parenteral atsetilsistein;
Omeprazol, Ranitidin va boshqalar.

Sepsis va sepsik shokda:

N2 retseptorlari antagonistlari yoki Proton pompasi ingibitorlari (Ranitidin, Omeprazol);
Kortikosteroidlar (Deksametazon);
Prokinetik dorilar (Metoklopramid, Domperidon, Eritromitsin) va boshqalar.

ESLATMA!

  • Bolalar, homilador ayollar, yurak aritmiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun xloroxin va gidroksixloroxin (+/- azitromitsin);
  • shuningdek, boshqa bemorlarni davolashda terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda antibiotiklar buyurish, virusga qarshi preparatlar (Lopinavir/ritonavir, Remdesivir, Umifenovir), immunomodulyatorlar (Totsilizumab, Interferon-1a, Interferon-alfa-2b), interferon induktorlari va immunostimulyatorli dorilar, metabolik dorilar tavsiya etilmaydi.

DIQQAT!

Kasallikning har qanday darajasidan qat’iy nazar har bir dori vositasi shifokor tavsiyasiga ko‘ra va uning nazorati ostida qabul qilinishi shart.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga osma ukollar (kapelnitsa)dan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.