Dezinfeksiya vositasi inson salomatligiga qanday xavf tug‘diradi?

0

Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva:

— Dezinfeksiya vositalari maishiy uylar va ofislarda yuzalarni tozalash va zarasizlantirish uchun mo‘ljallangan.

Yuzalarni zarasizlantirish uchun dezinfeksiya eritmalarga gipoxlorid natriy va faol xlor qo‘shiladi. Ko‘pchilikda xlor tarkibli moddalarga allergiya bor, bunday vaziyatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirdan, ya’ni teri va shilliq pardalarga tegishdan saqlanish kerak.

Qo‘lqop, niqob va zarur holatda ko‘zni himoyalash uchun ko‘zoynak ham taqish kerak.