YangiliklarSportEldor Shomurodov “Roma”ga oʼtdi

Eldor Shomurodov “Roma”ga oʼtdi

Rimning “Roma” klubi Eldor Shomurodovni oʼz safiga qoʼshib oldi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabariga tayanib qalampir.uz maʼlum qildi. Transfer tafsulotlari tez orada rasman eʼlon qilinadi.

Rimliklar Oʼzbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha “Roma” manfaatlarini himoya qiladi. “Jenoa” futbolchining keyingi sotuvi va shaxsiy koʼrsatkichlari sababli ham maʼlum miqdorda pul ishlab oladi.

Eslatib oʼtamiz, Eldor Shomurodov “Jenoa”ga “Rostov”dan 2020 yilning oktyabrida 7,5 million yevro evaziga koʼchib oʼtgan va avvalgi mavsumda 8 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani qayd etgan edi.

Maʼlumot uchun. “Roma” oʼtgan mavsumda Italiya А seriyasida 62 osko toʼplab, 7-oʼrinni egallagan va Paulu Fonsekani isteʼfoga chiqarilib, Joze Mourinьoni bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Jamoa UEFА konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img