Mamlakatimizda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
- asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;
- Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
-
-
- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;
- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;
- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravari;
-
- Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
-
-
- 1-o‘rin uchun — 50 baravari;
- 2-o‘rin uchun — 35 baravari;
- 3-o‘rin uchun — 30 baravari;
-
- Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi;
- Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan:
- xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz;
- asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi;
- Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.
Venera Boboyeva,
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi