YangiliklarMahalliyHayotiy zarur qoida

Hayotiy zarur qoida

Barchamizga ma’lumki, 2021-yil yurtimizda yo‘l-transport xodisalari 2020-yilga sezilarli darajada oshgan. Shu o‘rinda yo‘l harakati ishtirokchisi bo‘lgan velosipedchilar ishtirokida yo‘l-transport xodisalari moni ham ortib bormloqda. 2021-yildagi statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, velosipedchilar ishtirokida jami 1075 ta yo‘l-transport xodisalari sodir etilgan bo‘lib, ularning aksariyati tungi vaqtlarda, ya’ni sutkaning soat 19:00 dan 24:00 gacha bo‘lgan paytida sodir etilgan. Velosiredchilar ishtirokidagi yo‘l-transport xodisalarini ortib kelishiga asosiy sabablardan biri sifatida velosipedlarga nur qaytaruvchi moslamalar (old va orqa tomonlariga) o‘rnatilmaganligi, shuningdek, tungi vaqtlarda uzoq masofadan haydovchilarning diqqatini tortuvchi va harakat ishtirokini payqashligi uchun fosforli nur qaytaruvchi vositalar o‘rnatilmaganligi hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022-yildagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 172-son qarori 1-bandi “d” kichik bandiga asosan sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart degan qoida kiritildi.

Yuqoridagi qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 134-bandiga ko‘ra, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo‘lning yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan velosipedlarda   fara yoki chiroqlar yoqilgan bo‘lishi kerakligi aks etgan.

Shuningdek, mazkur qoidalarga asosan velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur. Sutkaning qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerakligi hamda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagi kabi nur qaytaruvchi vositalarni nafaqat velosipedsilarga, balki bolalarning sumkalariga hamda maktab formalariga ham o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki maxsus nur qayturuvchi vositalar o‘rnatilgan bolalarni haydovchi 130 metr masofadan payqasa, eng yuqori nur qaytarish hususiyatiga ega bo‘lgan oq matodan kiyim kiygan bolani haydovchi 55 metr masofadan payqaydi. Bolalarda va maktab o‘quvchilarining kiyim boshi hamda sumkalarida majburiy tartibda nur qaytaruvchi vositalarni o‘rnatish talabi Rossiya Federatsiyasi va boshqa horijiy davlatlarda belgilangan.

Yuqoridagilardan shuni anglash mumkinki, yangi tahrirdagi “Yo‘l harakati qoidalari”da velosipedchilarga qo‘yilgan talablar natijasida velosipedchilar ishtirokida sodir etiladigan yo‘l-transport xodisalarining sezilarli darajada kamayishiga hamda bu bilan fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolinishiga erishiladi.

Murodulla Dadaxonov,
Baliqchi tuman yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img