Ipoteka kreditlari muddati uzaytirildimi?

0

Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova:
—  Ha, jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirish hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish belgilangan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4701-son qarori.