Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxonalar tashkil etildi

0

Qonunchilikdagi yangiliklar

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori bilan muvofiq, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalar quyidagicha biriktirildi:

  • O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasidagi 750 o‘rinli – IIVning markaziy gospitaliga;
  • “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilonidagi 814 o‘rinli – Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Nazarbek” sog‘lomlashtirish maskanidagi 350 o‘rinli – Milliy gvardiya va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ;
  • Yoshlik sport majmuasidagi 520 o‘rinli – DXXning markaziy harbiy gospitaliga;
  • “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilonidagi 1000 o‘rinli, Sergeli tumanidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi 250 o‘rinli, Olimpiya zaxiralari sport saroyidagi 500 o‘rinli – Toshkent shahar hokimligiga.