Koronavirus tufayli Tojikistonda futbol chempionati to‘xtatildi

0
Фото: tj.sputniknews.ru

Koronavirusning oldini olish munosabati bilan Tojikistonda futbol chempionati may oyigacha to‘xtatildi.

Tojikistonda barcha musobaqalar, shu jumladan futbol chempionatining oliy ligasi to‘xtatildi, deya xabar bermoqda respublika futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, barcha futbol musobaqalari 10 mayga qadar to‘xtatilgan. Chempionatining to‘rtinchi turidagi yakshanba o‘yinlari taqvim bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Beshinchi turdan boshlab esa yuqori divizion o‘yinlari vaqtincha to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvardan boshlab Tojikistonda yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rila boshlangan edi.

Xususan, 10 mayga qadar respublikada  vaqtincha maktab ta’tillari e’lon qilindi, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti to‘xtatildi va barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan sport o‘yinlari, seminarlar, ko‘rgazmalar, film namoyishlari va teatr tomoshalari taqiqlandi.

Аввалги мақолаSingapur haqida 25 ta muhim fakt
Кейинги мақолаTa’limning kelajagi qanday ko‘rinishga ega?