Korrupsiya qarshi kurash. Bu borada adliya tizimi qanday yo‘l tutmoqda?

0

Jamiyat taraqqiyotiga bolta uruvchi, eng achinarlisi uni sodir etilishiga yo‘l qo‘yib bergan insonning hayotini ham kun kelib barbod qiluvchi korruptsiyaning salbiy oqibatlari barchaga ma’lum bo‘lsada, uning tub ildizini olib tashlash juda mushkul masalaga aylanib ulgurdi. Chunki korruptsiya barcha mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy fenomendir.  Bu fenomen davlatdagi demokratik institutlarini yemirib, iqtisodiy taraqqqiyotni sekinlashtiradi va oqibatda hukumatning beqarorlashuviga olib keladi.

Korrupsiya qarshi kurashda barcha sohada o‘ziga xos korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar asosida turlicha mexnazimlar ishlab chiqilishi lozim. Xo‘sh bugungi kunda adliya organlari tizimdagi korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga barham berish uchun qanday yo‘l tutmoqda?

“Korrupsiya qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 5-moddasida belgilanganidek korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 24 fevraldagi 42-um-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati tasdiqlandi. Mazkur hujjat dunyodagi eng samarali deb topilgan korruptsiyaga qarshi kurashish amaliyotlari asosida ishlab chiqilgan ISO 37001:2016 “Korrupsiya karshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

ISO 37001 – Korrupsiya karshi kurashish menejmenti tizimlarining asl mazmuni shundan iboratki, unga ko‘ra korruptsiyani oldini olish uchun bir qator choralar belgilash nazarda tutiladi:

    • Korrupsiya qarshi kurashish siyosatini belgilash;
    • Korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimlarni tanlash va o‘qitish;
    • Loyihalar va hamkorlarning korruptsiya xavfi darajasini baholash;
    • Moliyaviy va tijorat nazoratini yo‘lga qo‘yish;
    • Hisobdorlik va kuzatuv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish.

Adliya vazirligi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqilgan va amalga tadbiq etilayotgan hujjatlar yuqorida sanab o‘tilgan talablarga muvofiq ravishda, ISO 37001:2016 standartlariga ko‘ra amalga oshirilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, adliya vazirining bir qator buyruqlari bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimida korruptsiyaviy havf-hatarlarni baholash uslubiyoti, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimi xodimlari uchun korruptsiyaga karshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar, O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korruptsiyaga qarshi tamoyillar va talablarga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti, Adliya organlari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korruptsiyaga karshi koidalarning mazmuni buyicha asosiy shartlar Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida nizom, Adliya organlari va muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining holati xakidagi xisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti va boshqalar aynan tizimda va aholiga davlat va huquqiy xizmat ko‘rsatishda korruptsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va adliya organi shaffofligi, shuningdek davlat xalq uchun xizmat qilishini ko‘rsatib berish maqsadida ijroga qaratilgan.

Adliya vazirligi tanlagan siyosatga ko‘ra har bir adliya organi siyosatni o‘z faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishi, korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korruptsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishi va amalga oshirishi belgilangan bo‘lib, bu Xalqaro standartlashtirish tashkiloti standartlari talablariga muvofiq o‘rnatilgan. Bunda korruptsiya xavfi mavjud sohalarni aniqlash, ulardagi korruptsiya xavfi darajasini baholash va shunga mos bartaraf etish chorasini ko‘rish juda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilashdan asosiy maqsad adliya organlari va muassasalarida korruptsiyani tubdan yo‘qotishga erishish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, adliya organlari va muassasalari faoliyatining barcha sohalarida korruptsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Jamiyatdagi korruptsyaiviy omillarga qarshi kurashishni boshlashdan oldin eng avvalo tizimdagi mazkur illatga barham berish dolzarb masaladir. Shunday ekan adliya tizimida kadrlarni tanlashdan tortib, ular bilan mehnat shartnomasi bekor qilingunga qadar bo‘lgan jarayonlardagi qonuniylik, shaffoflik, korruptsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligini to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni kurish uchun to‘sqinliksiz idora raxbari va adliya vaziriga murojaat qilish imkoniyatining yaratilganligi, tashkilot faoliyatiga oid muhim masalalar komissiya va kollegial tartibda ko‘rilishi va jamoat nazoratining o‘rnatilganligi bularning yaqqol misolidir.

Korrupsiya qarshi kurash bo‘yicha yana bir qadam bu adliya xodimining davalt xizmatchisi sifatida o‘rni va o‘zini tutish qoidalarini, shuningdek xodimlar o‘rtasida manfaatlari to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq choralar ko‘rish orqali tizimdagi intizom va qadriyatlarni belgilash bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bunda adliya organlari va muassasalarining xodimlari bilan uzaro munosabatlarda xalol bulishi, ularni kamsitishga oid siyosatga yul qo‘ymaslik va xodimlarga mehnatga hak to‘lash va xizmat bo‘yicha ko‘tarilishida teng huquq va imkoniyatlarga kafolat berilganligi,  tashabbuskor xodimlarni rag‘batlantirish, majburiy mehnatga barham berish kabilar shular jumlasidandir.

O‘z navbatida ta’kidlab o‘tish kerakki, har qanday tizimda korruptsiyani yuzaga ketiruvchi dastlabki omil – bu kadrlar tanlashdagi noqonuniy yondashuvlar, xodimlarning yetarli moddiy ta’minlanmaganligi deb baholanadigan bo‘lsa, aynan ushbu illatlarni adliya tizimidan tubdan olib tashlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilib kelinmoqda. Jumladan kadrlarni tanlashda tanlov tizimi va yuqori turuvchi ish beruvchi bilan onlayn suhbat va komissiya tomonidan ovoz berish orqali  hal etilishi orqali adliya organlarini yuqori bilimli kadrlar bilan to‘lidirib borilishiga erishilmoqda. Xodimlarning moddiy ta’minotini yanada yaxshilash, tashabbuskor va bilimli kadrlarni rag‘batlantirib borish, ularning dam olish vaqtlarini ish beruvchi v kasaba uyushmasi hisobidan maroqli o‘tkazishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Korrupsiya qarshi kurashda navbatdagi yo‘nalish – bu adliya organlari xodimlari tomonidan aholiga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning turli mazmundagi murojaatlarini hal etishda korruptsion harakatlar sodir etilishini oldini olish tizimdagi eng dolzarb vazifaga aylanib ulgurdi. Sababi jamiyatdagi korruptsiyani oldini olish, eng avvalo davlat tashkilotlari xodimlarining ushbu harakatlarni sodir etishga moyil bo‘lmasligi va aynan davlat xizmatchisi oddiy fuqaroni ushbu salbiy va noqonuniy harakatga majbur qilmasligi va qaytarishida namoyon bo‘ladi.

Salohiddin Sattarov,
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i

 

Аввалги мақолаNatijasini olish uchun endi Toshkentga kelish shart emas!
Кейинги мақолаUchuvchisiz dron egasini “uchirdi”…