YangiliklarMahalliy"Lex.uz"ning yangi versiyasi Buxoroda

«Lex.uz»ning yangi versiyasi Buxoroda

Bugun, 14-mart kuni Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manba LEX.UZ saytiga kiritilgan o’zgarishlar hamda imkoniyatlar xususida davra suhbati tashkil etildi.

Tuman (shahar) hokimligining yuristlari, tuman (shahar) adliya bo’limlari hamda Tuman (shahar) Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari xodimlari ishtirok etgan mazkur davra suhbatida dastlab Lex.uz saytining yangi versiyasi avvalgisidan ancha takomillashtirilganligi natijasida foydalanuvchilar qator imkoniyatlarga ega bo`lganligi xususida to’xtalib, saytda endilikda “aqlli” izlash funksiyasi bo`lib, so`z o`zagi, qisqartmalar, xato so`zlar, sinonimlar bo`yicha izlash algoritmi yaratilganligi ta’kidlab o’tildi.

Shuningdek, izoh qoldirish imkoniyati, imloviy xato haqida xabar berish yoki foydalanuvchi fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyati mavjudligi hamda tashkiliy va boshqa xususiyatga ega hujjatlarni alohida joylashtirish mexanizmi ishlab chiqilganligiga ham to’xtalib o’tildi.

Mazkur davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollar yuzasida aniq javoblar olishdi.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img