YangiliklarMahalliyMaktabdan tashqari ta’lim tizimining buguni va istiqbollari mavzusi muhokama qilindi

Maktabdan tashqari ta’lim tizimining buguni va istiqbollari mavzusi muhokama qilindi

 Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da maktabdan tashqari ta’lim tizimining buguni va istiqbollari” mavzusida videokonferensiya boʻlib oʻtdi.

Videokonferensiyada Xalq ta’limi vaziri oʻrinbosari V.Rajapov hamda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig’i M.Karabayev ishtirok etib, “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Shuningdek, videokonferensiya davomida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori S.Maxmudova tomonidan 2022-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar erishilgan yutuqlar hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar to’g’risida to’xtalib o’tildi.

Bundan tashqari, videokonferensiya davomida hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari rahbarlari tomonidan 2022-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ushbu videokonferensiyada, 217 ta «Barkamol avlod» bolalar maktablarining rahbarlari ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, videokonferensiya davomida “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish, ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzurida «Barkamol avlod” bolalar maktablarining Direktorlar Kengashi tuzildi.

Mazkur videokonferensiyadan maqsad “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga doir belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda «Barkamol avlod» bolalar maktablarining buguni va istiqbollarini belgilab olishdan iborat.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img