YangiliklarMahalliyMirzaobodlik Bibisora 9 yoshida, Zuxriddin 13 yoshida "qayta tug'ildi"

Mirzaobodlik Bibisora 9 yoshida, Zuxriddin 13 yoshida «qayta tug’ildi»

Nilufar Ermatova Mirzaobod tumanida istiqomat qiladi. 2013-yilda qiz farzandni dunyoga keltiradi. Chaqaloq uyda tug‘ilganligi sababli shu kunga qadar unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olinmagan. Nilufar opani adliya bo‘limiga yetaklagan muammo ham aynan shunda.

Odatda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma moliyaviy qiyinchilik, e’tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasporti yo‘qligi, nikoh qayd etilmaganligi)ning mavjud emasligi va boshqa sabablarga ko‘ra olinmaydi. Bu esa kelgusida bola uchun nafaqa va fuqarolikni olish, bog‘chaga, maktabga, hattoki sifatli tibbiy yordam olishida ham muammo va ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘ldi ham, Bibirobiya uchun o‘z vaqtida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olinmaganligi ota-onasini ancha sarson qildi.

Odinaxon Nosirovani ham aynan ushbu muammo qiynab keladi. O‘g‘li Zuxriddin uyda tug‘ilganligi bois, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi mavjud emas. Zuxriddin 13 yoshga to‘ldi, biroq u fuqaro sifatida hech bir hujjatda qayd etilmagan.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman FHDY bo‘limi bilan hamkorlikda “Bahoriston” mahallasida yashovchi Nilufar Ermatova va Odinaxon Nosirovalarning ushbu murojaatlari o‘rganilib, huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida zarur hujjatlar to‘plandi. Bu borada ularga Mirzaobod tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho’basi ko’makdosh bo’ldi.

Barchaga ayon, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning mavjud emasligi bola rasman yo‘q, hech qaerda qayd etilmagan deganidir. Ushbu hujjat bolaning fuqaro sifatida huquqiy maqomini belgilaydi.

Adliya va FHDY bo‘limining sa’y-harakatlari bilan Muhiddinov Zuxriddin Kamoliddin o‘g‘li va Muhiddinova Bibirobiya Sharofiddin qizining tug‘ilganlik fakti belgilandi. Endi ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, mamlakatda fuqarolar qanday huquqlarga ega bo‘lsa u ham xuddi shu huquqlarga egalik qiladi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img