Moskvada o‘tkazilgan yozgi Olimpiadaga bu yil 40 yil to‘lmoqda

0

Darvoqe,  tarix sahifalariga ulkan voqea sifatida kirgan 1980 yil 19 iyuldan 3 avgustgacha bo‘lib o‘tgan Yozgi olimpiada o‘yinlariga bu yil 40 yil to‘lmoqda. Bu Sharqiy Yevropa mintaqasi tarixida bo‘lib o‘tgan birinchi olimpiadadir. Bundan tashqari, birinchi sotsialistik mamlakatda o‘tgan olimpiada o‘yinlaridir.

Ushbu olimpiadaning ochilishi va yopilishiga tayyorgarlik ishlari va uning repititsiyasi uch davomida olib borilgan, Sovet Ittifoqidagi minglab sportchilar va tomoshabinlar unga ishtirok etishni orzu qilishgan. Olimpiada o‘yinlari SSSR Sport qo‘mitasi raisi Sergey Pavlov xolisona mehnati, harakati hamda sovetlar mamlakatiga, uning sportchilariga bo‘lgan qiziqish oshishi natijasida o‘tkazilgan. S.Pavlov ikki marta olimpiadani Moskvada o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritgan va oxirgi marta uning taklifi muvaffaqiyatli yakun topgan. O‘sha vaqtda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi oldida Los-Anjelos yoki Moskvani tanlash masalasi turgan, oxiri oqibatda 20 ta qarshi va 39 ta a’zoning roziligi bilan uni Moskvada o‘tkazishga qaror qilingan.

Biroq, afsuslar bo‘lsinki, sportga siyosat o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. Olimpiada o‘yinlariga yarim yil qolganida SSSR Afg‘onistonga qo‘shinlarini olib kiradi, buning oqibatida 64 mamlakat bu o‘yinga nisbatan  boykot e’lon qiladi. Ko‘pgina sportchilar ularning orzulari barbod bo‘lganligini hali hanuz afsus bilan eslashadi.

O‘sha vaqtda 5,2 million Olimpiada chiptalari sotilgan.  Olimpiadaning eng yosh ishtirokchisining yoshi 13 yosh, eng keksa ishtirokchisi esa 70 yoshda bo‘lgan. Olimpiada tufayli moskvaliklar afsonaviy shisha idishlarda qadoqlangan pepsi kolani ta’tib ko‘rishgan.

XXII Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi iltimosiga ko‘ra, Butunittifoq Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti moskva ob-havosining 100 yil davomidagi holatini o‘rgangan va shu iyul oyining oxiri avgust oyi boshida qulay ob-havo bo‘lishi yuzasidan xulosa bergan.

3 soat davom etgan Olimpiadaning ochilish marosimidagi sport syujetlari va raqslarida 16 ming sportchi, professional va havaskor artistlar ishtirok etishgan. Moskva olimpiadasining ramzi sifatida tayyorlangan ayiqcha uning yopilishida osmonga uchirilgan. Bu ayiqcha atrofida ham har xil gap so‘zlar bo‘lgan. 40 yildan buyon uni izlab yurishibdi degan mish-mishlar hali ham quloqqa chalinib turadi.

Аввалги мақолаYangiyerlik xaker 67 nafar fuqaroni tuzog‘iga ilintirdi
Кейинги мақола1 avgust sanasida O‘zbekistonda o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi farmon qabul qilingan