YangiliklarMahalliyNogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Nogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.06.2022-yildagi 341-sonli “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha
(15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.

 Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

➖ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

➖nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi;

 yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

➖yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

➖ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

 Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

 Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqilib:

subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma’lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;

nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid ma’lumotlar sir saqlanadi.

 Anora Rustamova,
Vobkent
tuman adliya bo’limi  bosh maslahahatchisi 

        

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img