ЯнгиликларМаҳаллийOna tilim – jonu dilim

Ona tilim – jonu dilim

Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratganning insonlarga  bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o‘z ona tilidir.

Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili ham biz o‘zbeklarning eng qimmatli boyligimizdir. Tilimizning go‘zalligi, ma’no jilolari Navoiy davridayoq o‘z ifodasini topgan, bu tilda bir-biridan ajoyib asarlar bitilgan.

Shu tilnining sofligini asramoq, uni yanada boyitib avlodlarga etkazmoq bizning zimmamizdadir.

O‘zbek tilining qonuniy muhofazasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq.

Ma’lumki, 1989-yil 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida respublikamizda keng nishonlanadi.

1989-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinish arafasida bahs-munozara avjiga chiqqan. Eng asosiy mavzu ushbu qonun talablariga rioya qilish muddati haqida. Qonun loyihasida bu muddat oʻn yil deb belgilangan boʻlsa, deputatlar muhokamasidan keyin sakkiz yilga oʻzgartirilgan edi oʻshanda. Keyinchalik, 1995-yil 21-dekabrdagi oʻzgartirishlarda bu muddat koʻrsatilmagandi.

Shu davr ichida ona tilimizga boʻlgan munosabat qanchalik yaxshi tomonga oʻzgarganligini oʻylasak, yurtimizdagi mustaqillik tuygʻusi xalqimiz ruhiyatini koʻtarganligi koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Mustabid zamonda aytadigan gapimizni rus tilida ifodalay olmay qanchalik qiynalganimiz hamon yodimizda. Istiqlol arafasida tilimizga davlat maqomi berilganida chin maʼnoda erkinlik gashtini yurakdan his qildik.

Qonunning 2-moddasida “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” deya mustahkamlab qoʻyilishi keng jamoatchilikning gʻururiga gʻurur qoʻshdi.

Axir oʻzbek kalomi hayotimizga, turmush tarzimizga shu qadar singib ketganki, uni boshqa tilga tarjima qilib tushuntirib boʻlmaydi. “Hormang”, “Bor boʻling”, “Xirmoningizga baraka”, “Umringizga baraka”, “Qadamingiz qutlugʻ boʻlsin” kabi oʻzbekona lutflarda ¬xalqimizning asriy tajribasi, koʻngli pokligi, haqiqiy donishmandligi ¬ifodasini topgan.

Birgina Toshkent metrosini olaylik. Qaysi bekatga kelganimiz, oldinda qanday bekat bizga peshvoz chiqishi davlat tilida eʼlon qilinadi. Shunisi diqqatga sazovorki, metroga tushgan har qanday millat vakili oʻzbek tilidagi kalomni oson tushunadi.

Sh. Karimbekov,
Davlat xizmatlari agentligi yetakchi maslahatchisi

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img