O‘zbekistonda 15 avgustdan karantin choralari yumshatiladimi?

0

15 avgustdan keyin karantin choralari yumshatiladimi?

AOKA zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov mazkur savollarga javob qaytardi:

“Oldimizda salkam 2 hafta vaqtimiz bor. Agar ikki hafta davomida xuddi shu dinamika qayd etilsa, ya’ni o‘tgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan bo‘lsa va bugun 513 taga tushgan bo‘lsak, keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15 avgustdan keyin karantinni yumshatsa bo‘ladi. Va biz ushbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin”.