MuhimQashqadaryoda davlat xizmatlarini ko'rsatishda qaysi vakolatli o'rganlar qonunbuzilishga yo'l qo'ygan?

Qashqadaryoda davlat xizmatlarini ko’rsatishda qaysi vakolatli o’rganlar qonunbuzilishga yo’l qo’ygan?

Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2021-yilning oʻtgan 9 oyi davomida 2000 dan ziyod qonunbuzilish holatlarining barchasi vakolatli organlar tomonidan sodir etilgan.

Ular sirasiga Sogʻliqni saqlash muassasalari, Yer resurslari va davlat kadastri, Qurilish va arxitektura idoralari, “Oʻzbekenergo”, shuningdek, Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi kabi idoralar kiradi.

Qayd etilishicha, masʼullar tomonidan 2627 ta holatda murojaatga javob berishda muddat buzilgan, shuningdek 74 ta holatda toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatilgan va 29 ta holatda aholi murojaatlari asossiz rad qilingan.

Ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlariga  101 ta taqdimnoma va 267 ta ogohnoma kiritildi. Shuningdek, 204 nafar aybdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida vakolatli tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirokida doimiy targʻibod tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy bo`limi mutaxassisi tomonidan Chiroqchi tuman Davlat xizmatlari markazining 2021-yil 20-sentabrdagi “FAROVON AVTO-ZIYO” MCHJning “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish” toʻgʻrisidagi 35786351-sonli soʻrovnomasiga 5 ish kuniga kechiktirib javob berilgan.

Xuddi shunday, 14.07.2021-yilda Chiroqchi tuman Davlat xizmatlari markazi orqali yuborilgan “FAROVON AVTO-ZIYO” MCHJning 33813176-sonli soʻrovnomasiga 6 ish kuniga kechiktirib rad javobi berilgan.

Zero, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Nizomning 10-bandiga koʻra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ariza qabul qilgandan soʻng 9 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganishi belgilangan.

Bayon etilganlar asosida bo`lim tomonidan toʻplangan hujjatlar va huquqbuzar bergan tushuntirish xatiga asosan boshqarma boshlig`i o`rinbosari tomonidan huquqbuzarni Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2155-moddasi, 1-qismiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortish tog`risida qaror imzolandi.

 R.Rustamov,
Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi 

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img