Sud ocherkiQingʼir yoʼldagi haydovchi

Qingʼir yoʼldagi haydovchi

Insonga masʼuliyatni unutish hech qachon roʼshnolik olib kelmagan. Bu hayotning oddiy talabi, qonuniyatidir. Biroq oramizda shunday toifa kishilar borki, zimmasidagi masʼulyatdan chetga ogʼish hatarli ekanini bilsada, koʼngli tusagan ishni qilaveradi. Shomil (ismlar oʼzgartirilgan) ham masʼuliyatsizligi ortida sudning qora kursisiga oʼtirishiga toʼgʼri keldi.

Shomil dori-darmon savdosi bilan shugʼullanuvchi korxonalarning biriga haydovchi boʼlib ishga kiradi. U bir vaqtning oʼzida haydovchilik bilan birgalikda ekspeditor vazifasini ham bajarardi. Shomilning eng katta masʼulyati shunda ediki, dori vositalarini korxona  rahbariyatini xabardor qilmagan holda sotishi mumkin emasdi.

Shomil shu oddiy qoidaga amal qilib tinchgina hayot kechirsa boʼlardi. Lekin u zimmasidagi masʼuliyatni unutdi. Gap shundaki, kunlarning birida Qosim ismli tanishining qoʼngʼirogʼidan keyin jinoiy rejasini tuzish haqida bosh qotira boshladi. Qosim unga ishxonasida “Remdesivir for Injection 100 mg (BDREM-100)” dori vositasi bor-yoʼqligini soʼragan edi. Shomil esa unga borligini, 714 ming soʼmdan sotilayotganini aytadi. Gap orasida Qosimdan bu ishdan nima foyda koʼrishi bilan qiziqadi. Tanishi esa unga dorini donasini 814 ming soʼmdan sotib, koʼriladigan foydani istasa boʼlib olishi mumkinligini taklif qiladi. Bu dori vositasi virus infektsiyasidan davolanishga moʼljallanganligi sabab unga talab katta boʼlgani ham qoʼshib qoʼyadi.

Bu gapni eshitgan Shomil darhol korxona hisobchisiga qoʼngʼiroq qiladi. Oʼsha doridan 15 dona kerakligini aytadi. Hisobchi esa dori bolriligini, faqat pul oʼtkazish yoʼli bilan sotish mumkinligini aytib, rad javobini beradi. Oradan 40 daqiqa oʼtib Qosim unga qoʼngʼiroq qilib, doridan 60 dona sotib oladigan mijoz tayyor turganini, shuning uchun ishni tezlashtirishni tayinlaydi. Moʼmay daromaddan koʼzi koʼr boʼlgan Shomil qingʼir yoʼl tutishga kirishadi.  Oʼziga bildirilgan ishonchdan foydalanib dorilar saqlanadigan omborxonadan 60 dona “Remdesivir for Injection 100 mg (BDREM-100)” dori vositasini olib chiqib ketadi.

Buzoqning yuurgani somonxonagacha, deganlaridek Shomilning bu jinoyati tezda fosh boʼladi. U dorilarni sotayotgan vaqtida huquq-tartibot organ xodimlari tomonidan qoʼlga olinadi.

Sanjar IBАDOV,
Jinoyat ishlari boʼyicha Yakkasaroy tuman sudi sudьyasi

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img