МуҳимQonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etilmoqda

Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi.

Hujjatning mohiyati va ahamiyati tushuntirishdan (“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida batafsil bayon etilgan https://lex.uz/ru/docs/3329329) farqli o‘laroq, rasmiy sharh ikki holatda beriladi:

Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatdagi noaniqliklar aniqlanda;

Ikkinchidan, noto‘g‘ri yoki ziddiyatli huquqni qo‘llash amaliyoti mavjud bo‘lganda.

Shu bilan birga, ikki holatga ko‘ra, qonun hujjatlariga nisbatan subyektiv fikr bilan chegaralanib qolmasdan haqiqiy muammo mavjudligini isbotlash lozim.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh Konstitutsiyaviy sud tomonidan beriladi.

Lex.uz statistik ma’lumotlariga ko‘ra (https://lex.uz/ru/statistic) milliy huquqiy bazasining 90% dan ortig‘ini qonunosti hujjatlari (davlat rahbarining farmon va qarorlari, hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar, hokimlarning qarorlari) tashkil etadi.

Biroq amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi nazarda tutilmagan, bu esa, o‘z navbatida, mazkur amaliyotni to‘liq rivojlantirishga imkon bermaydi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi tomonidan qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu loyiha lingvistik, tizimli, mantiqiy va tarixiy usullarni qo‘llash orqali rasmiy sharh tushunchasi va turlarini, shuningdek vakolatli organlarning harakatlari tartibini, arizani ko‘rib chiqish muddatlarini, tegishli hujjatning loyihasini rasmiy sharh berish va ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishni belgilaydi.

Ishlab chiqilgan loyihani jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali – Regulation.gov.uz ga joylashtirildi.

Inson huquq va erkinliklari ustuvorligi, ochiqlik, tashabbuskorlik Adliya vazirligining asosiy qadriyatlaridan biridir.

Adliya vazirligi hozirgi ishlarida, xususan, norma ijodkorligi faoliyatida doimo huquqiy baza sifatini yaxshilashga intiladi. Bu borada, Adliya vazirligi birinchi navbatda, jamoatchilik fikriga tayanib, turli manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ish olib boradi.

Quyidagi havola orqali o’ting https://regulation.gov.uz/oz/d/52330 va loyihaning jamoatchilik muhokamasida ishtirok eting.

Sizning takliflaringiz va tavsiyangiz biz uchun doimo muhim.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img