YangiliklarJahonRossiyada migrantlar majburiy daktiloskopiyadan o‘tkaziladi

Rossiyada migrantlar majburiy daktiloskopiyadan o‘tkaziladi

Mehnat muhojirlari 2021 yil 29 dekabrdan boshlab Rossiya hududiga kirish va u yerda yashash uchun majburiy tarzda barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi (daktiloskopiya) kerak bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Xushnudbek xabar qildi.

Bundan tashqari, ushbu tartib mamlakatda 90 kundan ortiq bo‘ladigan barcha toifadagi xorijiy davlat fuqarolar uchun ham amal qiladi.

Majburiy daktiloskopiyadan o‘tish voyaga yetmagan va keksa yoshdagi fuqarolar uchun amal qilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib federal qonun bilan belgilangan.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img