Rossiyaning COVID-19 vaksinasi bolalarga qo‘llanilmaydi

0

Bu haqda Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburga tayanib, RIA Novosti xabar beradi. Xabarga ko‘ra, koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina hali bolalar uchun qo‘llanilmaydi, chunki qonunga ko‘ra, preparat avval kattalar uchun to‘liq sinovdan o‘tishi kerak.

“Rossiya qonunlariga ko‘ra, vaksinani bolalarda sinab ko‘rish mumkin va yangi dori faqat katta yoshlilarda to‘liq sinovdan o‘tgandan keyingina taqdim etiladi. Shuning uchun sinovning uchinchi bosqichi tugagach, bizga yangi izlanishlarga ruxsat beriladi”, — degan markaz rahbari.

O‘z navbatida, Sechenov universiteti translyatsiya tibbiyoti va biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov bolalar xavf ostida emasligini, chunki ular koronavirus infeksiyasining oqibatlarini osonroq qabul qilishlari mumkinligini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda vaksinani ishlatishdan oldin, yetilmagan hayvonlarga nisbatan klinik tekshiruvlar o‘tkaziladi, shundan so‘ng preparatni bolalarga qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Avvalroq Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov Rossiyaning uchta kompaniyasi sentabr oyida COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinani sanoat miqyosida ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini aytgandi.