YangiliklarMahalliySayyor xizmatlar Beshchashma MFYda tashkil etildi

Sayyor xizmatlar Beshchashma MFYda tashkil etildi

Sayyor xizmatlarning navbatdagisi Chiroqchi tuman markazidan 37 km uzoqlikda joylashgan Beshchashma MFYda tashkil etildi.
Markaz xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan sayyor xizmat jarayonlarida elektr energiyasiga ulanish, kadastr pasportini shakllantirish, yoshga doir nafaqa tayinlash hamda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi masalalar o‘zining ijobiy yechimini topdi.
Bundan tashqari, markaz xodimlari “Uyshun” dehqon bozorida ham bo‘lib, fuqarolarga davlat xizmatlari turlari, ulardan foydalanish tartibi, davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish yuzasidan tushuntirishlar hamda huquqiy maslahatlar berildi.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img