YangiliklarJahonShavkat Mirziyoyev: “Afg‘onistondagi vaziyat siyosiy yo‘l orqali tartibga solinishi kerak”

Shavkat Mirziyoyev: “Afg‘onistondagi vaziyat siyosiy yo‘l orqali tartibga solinishi kerak”

Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida mintaqada yangi siyosiy muhitni shakllantirish buyicha qator takliflar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvidagi nutqi

Qayd etilishicha, Prezident tashkil etilgan uchrashuv uchun Turkmaniston davlati rahbariga minnatdorchilik bildirib, yangi siyosiy muhit shakllantirish buyicha qator takliflar bergan:

“Betakror Avazada a’lo darajada tashkil etilgan sammit va an’anaviy samimiy mehmondo‘stlik uchun hurmatli Turkmaniston prezidenti va qardosh turkman xalqiga chin qalbimdan minnatdorlik izhor etaman. Ushbu muhtasham zalda muhtaram hamkasblarimni ko‘rib turganimdan mamnunman.

Bugungi real voqelik bizdan Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini shakllantirish yo‘lida qat’iy qadamlar tashlashni talab qilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda yangi o‘sish nuqtalari va taraqqiyotimizning yangi drayverlarini belgilab olish g‘oyat muhimdir.

Mushtarak strategik manfaatlarimiz yo‘lida biz mintaqaning transport va tranzit salohiyatidan samarali foydalanishimiz zarur. Ishonchimiz komilki, mamlakatlarimizdagi rivojlangan transport tizimlari mintaqamizni Yevroosiyo qit’asining muhim transport xabiga aylantirish imkonini beradi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, milliy iqtisodiyotlar va aholi nufusining o‘sishini hisobga olsak, mintaqaning energetik xavfsizligi masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu munosabat bilan, biz ‘yashil’ energetika va energiya sohasidagi samarador texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratib, bu boradagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish zarur, deb hisoblaymiz.

Mamlakatlarimiz qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvlarini doimiy ravishda o‘tkazib borish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Uning birinchi yig‘ilishida oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy etish haqidagi masalani kiritishni taklif qilaman.

Vaksinatsiya sertifikatlari va test natijalarini tan olish maqsadida yagona axborot tizimini ishga tushirishni, yuqumli kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashda tajriba almashishni hamda tibbiyot xodimlarini tayyorlashni kengaytirishni, hayotiy muhim dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun farmakologiya va kooperatsiya sohasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilaman.

Mintaqadagi ekologik muammolar doimo barchamizning diqqat-e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Orol dengizining halokati oqibatlarini yumshatish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish, hamkorlik ko‘lamini kengaytirishimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildrib, qator takliyalarni ilgari surgan.

“Butun mintaqamiz xavfsizligi va barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l orqali tartibga solinishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bizning bu masaladagi yondashuvimiz — o‘t ochish va zo‘ravonlikni to‘laligicha to‘xtatish, muzokaralar asosida barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan kelishuvga erishishdan iborat bo‘lib, bu tinchlik jarayonlarini ta’minlashning asosiy sharti, deb hisoblaymiz.

Biz mamlakatda vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash uchun yirik transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirish bashabbusini ilgari suramiz. Do‘st afg‘on xalqiga imkon boricha gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettiramiz”, — deb ta’kidlagan Prezident.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img