Statistika organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi

0

Qonunchilikdagi yangiliklar

“O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Statistika organlarini sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil amalga oshiradi va qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e’lon qilinadi.

Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hududiy statistika boshqarmalar, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.