YangiliklarMahalliyTadbirkor koʻrgan zarar toʻliq qoplandi

Tadbirkor koʻrgan zarar toʻliq qoplandi

Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro Sojida Bozorovaning Namangan tumani Katta Toshbuloq MFYda joylashgan savdo doʻkoni binosining bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buzilgan boʻlsa-da, kompensatsiya pullari toʻlab berilmaganidan norozi boʻlib yozgan arizasi oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:

Namangan tuman hokimining 20.03.2019-yildagi 43-F-sonli farmoyishiga asosan Namangan tumanini “Obod markaz”ga aylantirish, tuman markazini bosh rejaga asosan obodonlashtirish belgilangan.

Mazkur farmoyishga asosan Namangan tuman hokimining 2019-yildagi 1250-sonli qaroriga asosan Namangan tuman Katta Toshbuloq MFYda joylashgan S.Bozorovaga tegishli boʻlgan umumiy maydoni 58,14 m2 boʻlgan noturar-joy (savdo doʻkoni binosining bir qismi) buzilishi belgilangan.

2020-yilga qadar amalda boʻlgan Vazirlar Mahkamasining 2006-yildagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 10-bandida uylar (kvartiralar), imoratlar va inshootlarni, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi koʻp yillik dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi, baholash toʻgʻrisidagi hisobot komissiyaga berilishi belgilangan.

Oʻrganish jarayonida fuqaro S.Bozorovaga bino-inshootni baholatish imkoni ham berilmagan. Biroq fuqaro S.Bozorova tomonidan unga tegishli Katta Toshbuloq MFYda joylashgan savdo doʻkoni binosi “Namangan koʻchmas mulk va sarmoyalar agentligi” MChJ tomonidan 2020-yildagi 252-sonli baholash hisobotiga asosan 2020-yil 1 aprel holatiga 55.155.217 (ellik besh million bir yuz ellik besh ming ikki yuz oʻn yetti ming) soʻmga baholangan.

Fuqaro S.Bozorovaning doimiy foydalanuvida boʻlgan savdo doʻkoni buzilish natijasida fuqaroga yetkaziladigan zarar miqdori toʻliq qoplanmasdan buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Vaholanki, Nizomning 3.1-bandi yettinchi xatboshisida yer uchastkalarini olib qoʻyishda obʻektlarni buzishga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan keyin ruxsat berilishi taʻkidlangan.

Oʻrganish jarayonida fuqaro S.Bozorovaga Katta Toshbuloq MFYda joylashgan unga tegishli boʻlgan savdo doʻkonining yer maydoni tuman hokimining 2019-yilgi 1306-sonli qarori bilan 50 kv.metr etib belgilanib, savdo doʻkonining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingan qismi oʻrniga tuman hokimining 2019-yilgi 2641-sonli qarori bilan 20 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan boʻlsa-da, savdo doʻkoni binosi baholatilmagan hamda baholash hisobotida keltirilgan 55.155.217 (ellik besh million bir yuz ellik besh ming ikki yuz oʻn yetti ming) soʻm miqdordagi mablagʻlar toʻlab berilmagan.

Yuqoridagilarga koʻra, Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro S.Bozorovaning manfaati yuzasidan FIB Namangan tumanlararo sudiga daʻvo ariza kiritilib, sudning 09.11.2021-yil kungi hal qiluv qaroriga asosan tuman hokimligidan tadbirkorga koʻrgan zararini qoplash uchun kompensatsiya undirilishi belgilandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img