Vidich: «Gvardiola Messini o‘zgartirdi va yanada kuchli o‘yinchiga aylantirdi»

0

«Manchester Yunayted» himoyachisi Nemanya Vidich «Barselona» hujumchisi Lionel Messi Pep Gvardiola qo‘l ostida o‘sishga erishganini aytdi.

«Gvardiola Messini o‘zgartirdi. Avval u o‘ng qanotda o‘ynardi va markazga tomon kirib kelardi.

Gvariola uni markazga qo‘ydi va yanada zo‘r o‘yinchiga aylantirdi. Butun jamoa unga o‘ynashni boshladi. U qanotlardagi vingerlar bilan bir vaqtda himoyachilarga hujum qilardi. Men unga qarshi ikki marta o‘ynaganman, ikkalasida ham yutqazganmiz. «Barselona» «MYu»dan kuchli bo‘lganini aytish, qabul qilish qiyin.

Bizda 2009 yili ajoyib jamoa bor edi. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Biz amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibi edik. «Barselona» ham bizdan qo‘rqardi. Rimdagi g‘alaba ularga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni berdi», – deydi Vidich The Athletic’ga bergan intervyusida.

Аввалги мақолаLondonning mashhur avtobusi nega aynan qizil rangda va ikki qavatli? (+foto)
Кейинги мақолаO‘zbekiston olimpiya jamoasi Eronni yirik hisobda mag‘lub etdi