Xabib ikkita jangdan so‘ng faoliyatini yakunlaydi

0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yana ikkita jang o‘tkazganidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

Bu haqida chempionning menejeri Ali Abdul-Aziz xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedov UFCda yana ikkita jang o‘tkazadi va shunday so‘ng faoliyatini yakunlaydi.

“Jastin — oddiy chorlov emas. Bu Xabib uchun yengil jang bo‘lmaydi. Mijozim otasi kasalxonada yotgan paytida ham mashg‘ulotni tashlab qo‘ygani yo‘q. Uning bosh maqsadi – 30-0. U bu vazifani uddalay oladi”, — deya Abdul-Azizning so‘zlarini keltirmoqda South China Morning Post.

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov hisobida 28 ta jang bor. U bu janglarning barchasida g‘alabaga erishgan.

Аввалги мақолаDangasalikning zararlari
Кейинги мақолаDollar dunyo valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin