“Yangi Dani Alvesh” “Barselona”ga qaytdi

0

“Barselona” jamoasi Braziliyaning “Kuritiba” klubi oʻng qanot himoyachisi Yana Kouto transferi borasida kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Sport.es internet nashri.

17 yoshli braziliyalik futbolchining transferi Kataloniya klubiga 5 million yevroga tushdi. “Barselona” FIFAning voyaga yetmagan futbolchilar transferi qoidasini buzmaslik uchun Kouto 18 yoshga iyun oyida toʻlishi sababli, futbolchi yozgacha “Kuritiba” safida qoladi.

Braziliyada ushbu yosh himoyachini “yangi Dani Alvesh” sifatida taʼriflashmoqda. Kouto haqida yana shuni aytish mumkinki, u chindan ham tirishqoq futbolchi boʻlib, 2019 yilda Braziliya oʻsmirlar jamoasi safida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

 

Аввалги мақола2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilindi
Кейинги мақола“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining nishona – birinchi soni chiqdi