Yangibozorda fuqaroga asossiz ravishda muddatidan oldin pensiya tayinlanmagan

0

Matkarim Adamov yoshga doir muddatidan oldin pensiya tayinlanishini so‘rab bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qiladi. Ammo murojaati ijobiy hal bo‘lmagach, markaz xodimlari hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, bo‘limimizga murojaat qildi.

Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro M.Adamovga nafaqa noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlandi. Ya’ni, fuqaroga asossiz ravishda muddatidan oldin pensiya tayinlanmagan.

Yuqoridagilarga asosan, bo‘lim tomonidan kiritilgan arizaga muvofiq Yangibozor tuman ma’muriy sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinib, aholi bandligiga ko‘maklashish markazining 2019 yil 24 sentabr kungi qarori bilan ishsiz deb e’tirof etilgan M.Adamovga 2019 yil sentabr oyidan muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqishi bo‘yicha belgilangan namunaga muvofiq taqdimnoma tayyorlab, 5 kun muddat ichida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limiga topshirish majburiyati yuklatildi.

Sardorbek YAVQACHYEV,
Yangibozor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i