Life styleZararli ilovalarni zudlik bilan smartfoningizdan oʼchirib tashlang

Zararli ilovalarni zudlik bilan smartfoningizdan oʼchirib tashlang

Mutaxassislar ayrim ilovalarni befoyda, ayrimlari esa zararli boʼlgani uchun smartfondan oʼchirib tashlashni tavsiya qilishmoqda. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta”ga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Ekspertlar birinchi navbatda raqam aniqlaydigan ilovalarni zararli deb atashdi. Ularning soʼzlariga koʼra, bunday dasturlar smartfondagi telefon raqamlariga oid barcha maʼlumotlarni koʼchirib oladi, bundan tashqari, smartfon egasining ismi va telefon raqamini boshqalarga berishi mumkin.

Keyingi oʼrinda batareya quvvatini tejaydigan dasturlar aytildi. Foydalanuvchilarga smartfon sozlamalaridagi quvvat tejaydigan funktsiyadangina foydalanish tavsiya qilindi. Mutaxassislarning aytishlaricha, quvvat tejaydigan ilovalardan hech qanday foyda yoʼq.

Shuningdek, “xotira tozalaydigan” dasturlar ham befoyda deb topildi.

“Ular ham xuddi batareya tejaydigan ilovalar kabi ishlaydi. Xotira bir ozga yengillashadi, ammo bu juda qisqa vaqt davom etadi”, deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, fonarlar, QR-kod skanerlari ham xavfli deb topilgan.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img