Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan vaksinalardan birining ilk dozasi bilan emlangan. Hozirda ikkinchi doza bilan emlanishni kutmoqda.
Bu haqdagi axborotni vazirlik matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva tasdiqladi. “Vazir yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi emlashda faol ishtirok etishga chaqirib qoladi”, deydi u.