JSST ekspertlar guruhi vaksinaning virusga qarshi 94,1 foiz samarador ekanini ta’kidlab, uni 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha aholi guruhlari uchun tavsiya qilgan.
YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzadening aytishicha, sentyabrda yana 660 ming doza AstraZeneca va qo‘shimcha 276 ming doza, sentyabr-oktyabrda — 1,214 million doza Pfizer taqdim etilishi kutilmoqda.