YangiliklarKoronavirus infoDastlabki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda yana bir boshqa nomdagi vaksina bilan...

Dastlabki bosqichda bir turdagi, keyingi bosqichda yana bir boshqa nomdagi vaksina bilan emlansa bo‘ladimi?

Savolga «COVID-19″: Savol-javob» teleloyihasida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev javob berdi:

Qaysi vaksinani olishdan qat’i nazar, ularning bajaradigan vazifasi bir xil. “Faqatgina falon vaksinadan olaman”, deb kutib turish eng xato yo‘l hisoblanadi.

Barcha vaksinaning ishlash mexanizmi bir xil: virusdan inson hujayrasiga yopishib oladigan oqsil ajratib olinib, bu namuna orqali inson hujayralarida virusga qarshi antitanachalarni shakllantirishdir.

Vaksina qayerda ishlab chiqarilgan bo‘lmasin, uning vazifasi organizmda ana shu antitanachalarni paydo qilishdir.

Ba’zilar “Birinchi bosqichda o‘zbek-xitoy vaksinasini olgandim, ikkinchi bosqichda Moderna olsam bo‘ladimi», degan savollar bilan murojaat qilmoqda. Agar o‘zbek-xitoy vaksinasida emlash amalga oshirilgan bo‘lsa, bu 3 bosqichda bo‘ladi. Yurtimizga keltirilgan boshqa barcha vaksinalar 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bu vaksinalar bilan emlashning har bir bosqichida alohida ilmiy tekshiruvlar o‘tkazilgan. Bosqichlar ketma-ketligi saqlansagina to‘liq emlanish amalga oshirilgan, deb xulosa qilinadi.

Lekin bugun fanga bir vatsinani boshqasi bilan qo‘shib emlash nima oqibatga olib kelishi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Shuning uchun o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilishga haqqimiz ham yo‘q. Bir necha xil vaksina bilan emlanish natijasida nojo‘ya ta’sirlar ko‘rinishi xavfi bor. Shu sababli yurtdoshlarimizdan o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Ammo kimdir boshqa vaksina bilan emlanishni istasa, bir vaksinaning to‘liq dozalarini qabul qilganidan 6 oy o‘tgach, boshqa istagan vaksina bilan bir marta emlanish orqali avval shakllangan antitanachalar miqdorini saqlab turishi mumkin.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img