“Barselona” yarimhimoyachisi Frenki de Yong jamoaning ushbu mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Biz barcha unvonlarni yutishni xohlaymiz. Ayniqsa, Chempionlar Ligasini.
Men intervyularda ehtiyot boʻlishga harakat qilaman. Ammo aniqki, YeChL – hammamiz istagan kubok.
Tanlash kerak boʻlsa, Chempionlar Ligasini birinchi oʻringa qoʻyaman. Ammo La Liga va Kubokda ham gʻolib boʻlishni xohlaymiz”, – deb de Yongning soʻzlarini keltiradi Diario Sport.