YangiliklarHuquqEndi ish beruvchi xodimni ishga qo‘ymaslikka haqli, agar...

Endi ish beruvchi xodimni ishga qo‘ymaslikka haqli, agar…

2021 yil 2 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ya’ni, xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqliligi belgilandi.

Hozirda mamlakatimizda bo‘layotgan og‘ir sharoitda shuni tushunish lozimki, endilikda xodim koronavirusga qarshi emlashdan o‘tishni rad etsa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqliligi qonunan belgilandi.

Bunday holatda ish beruvchi xodimni faqat ishdan chetlatishi mumkin, lekin buni asos sifatida ko‘rsatib ishdan bo‘shatishi mumkin emas.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img