YangiliklarJahonFransiya aholisining 60 foizi vaksinaning birinchi komponenti bilan emlandi

Fransiya aholisining 60 foizi vaksinaning birinchi komponenti bilan emlandi

Fransiya hukumati “sanitariya ruxsatnomalari”dan foydalanishni kengaytirish va shifoxona xodimlari uchun majburiy emlash talablarini e’lon qilganidan keyin mamlakatdagi emlash sur’ati oshdi, deb xabar berdi Kazinform.

Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makronning aytishicha, 40 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlashning birinchi dozasini olgan. Bu Fransiya aholisining 60 foizini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, mamlakatda 33 milliondan ortiq odam (taxminan 50%) to‘liq (ikki koponent bilan) emlangan. Fransiya rasmiylari avgust oyi oxiriga qadar 50 million odamni birinchi komponent bilan emlashni rejalashtirmoqda.

Xabarga ko‘ra, Prezident Makron chet elga tashrifi chog‘ida aholini emlashga chaqirgan va emlashdan bosh tortganlarni “mas’uliyatsiz” deb atagan.

Ma’lumot uchun. Iyul oyining ikkinchi yarmida Fransiyada «delta» versiyasining tarqalishi sababli koronavirus infeksiyasi yuqtirish holatlari ko‘paymoqda.

25 iyul kuni 16 ming yangi koronavirus yuqtirish holati aniqlandi. Oyning boshida kuniga 2,5 mingga yaqin holat qayd etilgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, koronavirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati emlanmagan kishilar.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img