YangiliklarJahonFransiya Uxandagi xavfli virus haqida 2009 yildayoq ogohlantirgan edi

Fransiya Uxandagi xavfli virus haqida 2009 yildayoq ogohlantirgan edi

АQSh Davlat departamenti maʼlumotlariga koʼra, Fransiya josuslik xizmati 2009 yildayoq amerikalik hamkasblarini Xitoyning Uxan laboratoriyasidagi  biologik xavfsizlik muammolari haqida ogohlantirib, uning oqibati insoniyatga katta kulfat keltirishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Oradan oʼn yil oʼtib, 2019 yilda katta ehtimol bilan aytganda aynan ushbu laboratoriyadan yangi turdagi koronavirus infektsiyasi – COVID-19 tarqaldi.

Qayd etilishicha, Parij va Pekin oʼrtasida 2004 yilda Uxan shahrida yuqori texnologiyali maxsus laboratoriya yaratish boʼyicha kelishuv imzolangan. Markaz ishga tushgach, fransiyaliklar koʼp yillar davomida muassasada eng xavfli viruslar sohasida oʼtkazilayotgan tadqiqotlar ustidan nazorat oʼrnatib kelgan.

2017 yilda tomonlar oʼrtasida kelib chiqqan kelishmovchilik ortidan Xitoy fransiyalik mutaxassislarni loyihadan chetlashtirib, mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu voqeadan ikki yil oʼtgach, bugungi kunda butun dunyoni larzaga solayotgan oʼta xavfli virus Uxanda tarqalishni boshlagan.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img