YangiliklarHuquqMajburiy emlashni nazarda tutuvchi qonun Senatning navbatdagi yalpi majlisida ma’qullandi

Majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonun Senatning navbatdagi yalpi majlisida ma’qullandi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.

Qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

    • “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq norma kiritilmoqda;
    • Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligi nazarda tutilmoqda.

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach kuchga kiradi.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img