O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston rahbarlari uchrashuvining fotosuratlari Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Berik Ualining Facebook sahifasida e‘lon qilindi.
Suratlarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To’qaev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tasvirlangan.

Davlat rahbarlari 6 avgust, juma kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazilishi ham ko’zda tutilgan.

Ma‘lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo’nab ketgani xabar berilgandi. O’zbekiston Prezidenti Markaziy osiyo rahbarlarining uchrashuvidagi nutqida do’stlik va yaxshi qo’shnichilik, o’zaro ishonch va ko’mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, uzoq muddatli umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo’nalishlarini bayon qilishi kutilmoqda.

