Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi, tuman shahar adliya bo‘limlari, yuridik markaz hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini bir vaqtning o’zida madh etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Ulug‘ xalqimizning mangu qo‘shig‘i ona Vatanimizdan g‘ururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yana-da mustahkamlashga, bundan-da yuksak cho‘qqilarni zabt etishga undayveradi.Davlat suverenitetining ramzi – madhiyamiz sadolari xalqimiz qalbida yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirmoqda.
Bundan roppa-rosa 29 yil oldin, ya‘ni, 1992 yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi.