YangiliklarJahonNyu-York maʼmuriyati COVID-19 vaktsinasining birinchi komponenti bilan emlanganlar uchun 100 dollar mukofot...

Nyu-York maʼmuriyati COVID-19 vaktsinasining birinchi komponenti bilan emlanganlar uchun 100 dollar mukofot puli eʼlon qildi

Nyu-York maʼmuriyati COVID-19 vaktsinasining birinchi komponenti bilan emlanganlar uchun 100 dollar mukofot puli eʼlon qildi, deb xabar beradi Kazinform Merning Twitterdagi akkauntiga asoslanib.

Maʼlum boʼlishicha, tadbir kelasi juma kuni boshlanadi. 100 dollar olish uchun avval City Run maxsus saytida roʼyxatdan oʼtish va keyin vaktsina olish kerak.

Nyu-York meri Bill de Blazio ham barcha shahar xodimlariga emlanishni buyurdi. Emlanmaganlar esa muntazam ravishda PZR testlarining natijalarini taqdim etishlari kerak.

“Nyu-York shtati barcha hukumat xodimlarini emlash yoki testdan oʼtkazishni talab qiladi”, deb yozdi Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo Twitterda.

Shuningdek, mansabdorlar АQShda sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan Mehnat kuniga qadar emlashlari shart.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img