YangiliklarMahalliyOʻzbekistonda yashovchi shaxslar oʻz ism va familiyalarini milliy-tarixiy anʼanalarga muvofiq yozish huquqiga...

Oʻzbekistonda yashovchi shaxslar oʻz ism va familiyalarini milliy-tarixiy anʼanalarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar

Oʻzbekiston necha asrlar mobaynida mavjud bo`lgan mamlakat boʻlib, uning tarixi bir necha ming yillardan buyon mavjud. Maʼlumki tarixni biz tengi, oʻz mamlakatini, oʻz millatini chinakam darajada sevadigan insonlar yaratadilar. Mana bir necha asrlar mobaynida shu zaminda buyuk qahramonlar, sarkardalar, olim-u mutafakkirlar, shoirlar yashab tariximizni yaratdilar, uni dunyoga mashhur qildilar. Inson bu dunyoning aziz-u mukarram xilqati. Inson borki, hayot bor. Inson oʻzini anglasa, tushuna olsa borliqni tushunadi, hayotdan zavq ola biladi. Hozirgi mustaqil demokratik yoʻldan borayotgan Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklari eng ulugʻ maqsadlardan bir sifatida davlatchiligimizda eʼtiborga olindi. Inson tugʻilibdiki demokratik huquq va erkinliklar himoyasiga olinadi. Yurtimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan milliy markazlar ham inson huquqlarini himoya qiladi.

Tilimizdagi koʻp sonli ismlar xalqimizning ulkan madaniy hamda maʼnaviy benazir durdonalaridan biridir. Har bir xalqning koʻhna tarixi boʻlganidek ismlarning ham turli davrlarda xilma xil sharoitlar tufayli yuzaga kelgan va rivojlanib borgan qiziqarli tarixi ham bordir. Dunyoga kelgan chaqaloqqa ism qoʻyish va bu orqali uni boshqa shaxslardan farqlashga intilish jahondagi barcha xalqlarda juda qadimiy davrlardayoq yuzaga kelgan obyektiv ehtiyojdir. Ism va ism qoʻyish haqida turli qarashlar mavjud bu haqda Eenist Begmatov quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan: ,,Ism va ism qoʻyish odati biror yakka shaxsni oʻzgalardan farqlash ajratish ehtiyoji tufayli tugʻilgandir. Keyinchalik yuzaga kelgan va rasmiy tus olgan familiyalar, laqablar, ota ismlari, ajdodiy nomlar va ularning turli tuman koʻrinishlari, kishini atashning boshqa xil shakllari va usullari ana shunday hayotiy ehtiyojlarning qonuniy mahsulidir».

Mustaqil Oʻzbekistonimizda yashovchi barcha insonlar oʻz ism va familiyalarini oʻzlari xohlagandek, milliy anʼanalarimizga muvofiq tarzda yozish huquqlariga egadirlar. Familiya soʻzi oʻzi lotincha “oila” degan maʼnoni anglatib, bola tugʻilganda, farzandlikka olinganda beriladigan nomdir. Ism -bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. Ism shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga yordam beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 69-moddasiga muvofiq bola ism, otaning ismi va familiyasini olish huquqiga egadir. Fuqaroning familiyasi uning hayoti davomida oʻzgartirilishi ham mumkin. Bola 10 yoshga toʻlguncha uning familiyasi ota-ona tomonidan bolaning roziligi bilan oʻzgartirilsa, 16 yoshga toʻlgan fuqarolar ota onasining roziligi bilan oʻz familiyasini oʻzgartiradi. 18 yoshga toʻlgan fuqaro esa toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgach hech kimning roziligisiz familiyasini oʻzgartirishga haqli. Oʻzbek tili lugʻat boyligini kattagina qismini insonlarga qoʻyiluvchi maxsus nomlar tashkil qiladi. Bu ismlar ma’lum qonun-qoidalar asosida anʼanalarimizga muvofiq ravishda yozilgan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, butun Oʻzbekiston hududida yashovchi xalqimizning erkinligini, uning tili qay darajada goʻzal ekanligini, qolaversa ajdodlarimizning bugunga qadar nomlarini saqlagan holda kelajak avlodlarga ular haqidagi haqiqatlarni tom ma’noda yetkazib beruvchi, milliyligimizni, oʻzbek millatiga mansubligimizni koʻrsatuvchi vosita bu farzandlarimizga qoʻyiladigan ismlardir desak mubolagʻa boʻlmaydi, albatta. Shu sababdan biz farzandlarimizga ism qoʻyganimizda asrlar osha yashab kelayotga qadryatlarimizga xos boʻlishiga e’tibor berishimiz lozim.

Shohjahon Qarshiyev,
Davlat xizmatlari agentligi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimi katta maslahatchisi

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img