Loyiha TIAning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma.
Mintaqaning suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha besh yillik (2020-2025 yillar) loyiha Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrini qamrab oladi.
Umumiy qiymati – $68,05 mln. Undan $53,96 mln – OPeK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yil muddatga berilgan qarzi. Ekvivalentda $14,09 mln – O‘zbekistonning soliq va bojxona imtiyozlari berish, shuningdek, investitsiya davrida moliyaviy chiqimlarni to‘lash tarzidagi hissasi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi loyiha amalga oshirilishi, xorijiy qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Hujjat 5.09.2019 yildan kuchga kirdi.