YangiliklarMahalliyO‘zbekiston delegatsiyasi Jahon irrigatsiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon irrigatsiya forumida ishtirok etdi

1–7 sentabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida III Jahon irrigatsiya forumi hamda Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasining 70-Xalqaro ijroiya kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda suv xo‘jaligi vaziri, irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi raisi Sh. Xamrayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Xalqaro ijroiya kengashi yig‘ilishida Sh. Xamrayev mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mintaqadagi davlatlar bilan suvdan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, Orol fojiasining mintaqa va dunyo ekologik muhitiga ta’siri haqida nutq so‘zladi.

Ijroiya kengashi a’zolari va yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston hukumati tomonidan suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya va drenaj sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori berdilar.

III Jahon irrigatsiya forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi prezidenti Feliks B.Reyders va tashkilot bosh kotibi Ashvin B.Pandya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Feliks B.Reyders O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni alohida e’tirof etdi.

Muzokaralarda Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilinib, suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-texnik yutuqlardan foydalanish va innovatsion yangiliklarni amaliyotga joriy qilish yuzasidan takliflar bildirildi.

Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi 1950 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tashkilot shtab kvartirasi Nyu-Dehli shahrida joylashgan. U davlatlar o‘rtasida suv resurslaridan foydalanish, sug‘orish, irrigatsiya va drenaj sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy-texnik yutuqlardan samarali foydalanish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishni targ‘ib qiluvchi ilmiy-texnik va nodavlat tashkilot hisoblanadi.

O‘zbekiston 1993 yilda tashkilot a’zoligiga qabul qilingan bo‘lib, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi tashkil etilgan.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img