10 sentabr kuni Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Vazirlar Mahkamasida va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Gruziya delegatsiyasi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.